Tayson Fyuri revansh jangida yana Aleksandr Usikka magʻlub boʻldi!

Tayson Fyuri revansh jangida yana Aleksandr Usikka magʻlub boʻldi!
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida oʻtkazilgan katta boks oqshomi oʻz nihoyasiga etdi.

Kechaning asosiy toʻqnashuvida ringga koʻtarilgan Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) va Tayson Fyuri (34-2-1, 24 KO) muxlislarga qiziqarli jangni taqdim etdi.
Tayson Fyuri revansh jangida yana Aleksandr Usikka magʻlub boʻldi!
Toʻliq 12 raund davom etgan bahsda Usik 116-112, 116-112, 116-112 hisobida gʻalaba qozonib, kamarlarni oʻzida saqlab qoldi. Shunday qilib, Fyuri revansh jangda ham qasos ololmadi.

Shu tariqa, ukrainalik bokschining gʻalabali seriyasi 23 (23-0, 14 KO) taga etdi.

Bahsdan soʻng britaniyalik boshqa bir bokschi Deniel Dyubua Usikdan jang soʻradi. Avvalgi jangda raqibini qiyinchilik bilan magʻlub etgan ukrainalik chempion taklifni qabul qildi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar