
Og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk britaniyalik Tayson Fyuri bilan revansh jangida g‘alaba qozongan ukrainalik bokschining kelajagi haqida gapirdi.
“Daniel Dyubua – chempion. Agar mendan so‘rasangiz, Usikning keyingi raqibi u bo‘lishini istardim” — dedi Krasyuk You Tube dagi "Fight Hub TV" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri o‘rtasidagi revanshda ukrainalik hakamlarning yakdil qarori (116-112, 116-112, 116-112) bilan g‘alaba qozondi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar