date
views 783

Abduqodir Husanov PSJ yoki “Tottenxem”da oʻynaydi...

Abduqodir Husanov PSJ yoki “Tottenxem”da oʻynaydi...
Abbosbek Fayzullaev — Oʻzbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh boʻlishiga qaramay, bugungi kunda SSKA va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi etakchisi hisoblanadi.

2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qoʻlga kiritdi.

Yaqinda Abbosbek Fayzullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi. Quyida mazkur intervyuning davomini oʻqishingiz mumkin:

— Oʻzbekiston Prezidenti bilan suratingni koʻrdik. Prezident bilan gaplashganmisan?
— Ha, ikki marta. Biz 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻolib chiqqanimizda, u kishi kubokni bizga oʻzlari topshirdilar.

Shavkat Mirziyoev Prezident sifatida ilk bor futbol uchrashuviga kelgandi. Prezidentimiz qoʻlidan bosh sovrinni olish – ikki karra faxrdir.

Ikkinchi marotaba shu yili Olimpiadadan keyin uchrashdik. Prezident men va yana ikki yigit – Abduqodir Husanov va Husniddin Aliqulov bilan uchrashdi.

— Nima dedi?
— U kishi haqiqatan futbol tomosha qiladilar. Muvaffaqiyatlarimizni kuzatib boradi. Menga “Senga toʻp tushganida, darhol xavfli vaziyat kutaman. Ota-onangga rahmat, toʻxtama”, degan edi.

Buni ota-onamga aytganimda, baxtdan “ettinchi osmonda uchishdi”.

— Sen Husanov deding. Bu PSJga oʻtishi haqida aytilayotgan futbolchimi?
— Ha. Bu yigit yaqinda Belarus chempionatida oʻynab yurgandi. Endi unga PSJ, “Tottenxem” kabi grand klublar jiddiy qiziqyapti.

Bu terma jamoadagi oʻyinlar futbolchining kelajagiga ta'sir qilishi, yaxshi reklama ekanidan dalolat beradi.

— Husanov haqiqatan zoʻrmi?
— Ha. Darajasi Evropaga bemalol tortadi. Abduqodir mening yaqin doʻstim, koʻp gaplashamiz, terma jamoa yigʻinlarida bir xonada yashaymiz. Men uning qanday yigit ekanini va nimalarga qodirligini yaxshi bilaman.

Husanov har qanday top-klubda oʻynab keta oladi. PSJ va “Tottenxem” darajasidagi oʻyinchi. Unda mutlaq hamma xususiyatlar – texnika, kuch-quvvat, birinchi pas, barchasi bor. Tezligi haqida aytmasa ham boʻladi, u Oʻzbekistonning eng tezkor oʻyinchisi. Tezligi dahshat.

— Sendan ham tezkormi?
— Yuz foiz. Men qisqa masofalarga yaxshi yuguraman. Husanov qadamlari kattaligi bois, uzoq masofani ham juda tez bosib oʻtadi. Bir uning tezligini oʻlchagan edik – odatda, soatigi 35 kilometr tezlikda yuguradi.

Davomi bor...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov PSJ yoki “Tottenxem”da oʻynaydi...