
"BoxingScene" nashri 2024 yil yakunlari boʻyicha eng yaxshi bokschi nomini e'lon qildi. Unga koʻra gʻolib bokschi ogʻir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) boʻldi.
Nomzodlar orasida Artur Beterbiyev (Rossiya), Bahram Murtazaliyev (Rossiya), Jessi Rodriges (AQSh), Daniel Dyubua (Buyuk Britaniya), Naoya Inoue (Yaponiya), Xilberto Ramires (Meksika), Oskar Kollazo (Puerto-Riko), Dzyunto Nakatani (Yaponiya) va Nik Boll (Buyuk Britaniya) ham bor edi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil may oyida Usik britaniyalik Tayson Fyurini magʻlub etib, oʻz divizionida 1999 yildan beri ilk mutlaq chempionga aylangan edi. Dekabr oyida bokschilar revansh jangini oʻtkazdi va unda Aleksandr Usik yana gʻalaba qozondi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar