date
views 3 062

Arman Tsarukyan: "Men gʻalabamga 100% ishonaman"

Arman Tsarukyan: "Men gʻalabamga 100% ishonaman"
UFC yengil vazn toifasida jang qilayotgan Arman Tsarukyan yaqinlashib kelayotgan jang haqida oʻz fikrlarini bildirdi. U amaldagi chempion Islom Maxachevga qarshi jangda katta ishonch va tayyorgarlik bilan ringga chiqishini ta'kidladi.

Islom oʻzini meni mensimagandek koʻrsatishga harakat qilyapti. Biroq uning jamoasi va murabbiylari mening jiddiy xavf ekanimni tushunib, kuchli tayyorlanishmoqda. Men esa gʻalabamga 100% ishonaman. Hech qanday hayajonni his qilmayapman, chunki bu men uchun uzoq kutilgan jang edi,” – dedi Tsarukyan.

Arman oʻz bayonotida Armanistonning championlik uchun uzoq vaqtdan beri nomzod koʻrsatmagani haqida ham fikr bildirdi:
Elkamda turgan mas'uliyatni yaxshi tushunaman. Chunki bu nafaqat men uchun, balki millatim va oilam uchun ham juda muhim jang. Natijaga erishish uchun butun vaqtimni, pulimni va sogʻligʻimni sarflayapman. Avvallari oʻzim uchun kurashganman, endi esa buni Armaniston sharafi uchun qilaman,” – deya ta'kidladi Arman.

Jang haqida ma'lumot

Islom Maxachev (26-1) va Arman Tsarukyan (22-3) oʻrtasidagi jang joriy yilning 18 yanvar kuni "UFC 311" turnirida boʻlib oʻtadi. Maxachev oʻz kamarini himoya qilish uchun yana bir bor oktagonga koʻtariladi, Arman esa birinchi marta chempionlik uchun imkoniyatga ega boʻladi.

Mazkur jang nafaqat ikki kuchli jangchining toʻqnashuvi, balki mintaqalar oʻrtasidagi sport kurashining ramziga aylanishi mumkin. Jang kutilayotgan UFC oqshomida asosiy voqea sifatida ajratilgan.

Mutaxassislar ushbu jangni yuqori darajadagi texnik va strategik toʻqnashuv sifatida baholashmoqda. Maxachevning himoyadagi mahorati va Armanning jangga boʻlgan ishtiyoqi muxlislarga yorqin jang taqdim etishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arman Tsarukyan: "Men gʻalabamga 100% ishonaman"