"Barselona" Chempionlar ligasi 7-turida "Benfika"da ustidan kambek evaziga gʻalaba qozondi. Shu bilan birga, klub muddatidan oldin nimchorak finalga yoʻl oldi. Oʻyindan keyin jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik oʻz fikrlari bigan oʻrtoqlashdi.
- "Benfika" ajoyib jamoa. Ikkinchi boʻlimda biz ancha yaxshiroq oʻynadik. Oʻzgarishlar qaytishimiz uchun yordam berdi. Men hech qachon bunday holatga tushmaganman. Bizni mentalitet qutqarib qoldi. Xatolar? Har bir oʻyinchi xato qiladi. Ba'zida yutqazamiz, ba'zida yutamiz. Menga ikkinchi boʻlim yoqdi", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib oʻtamiz, "Barsa"ni oldinda "Valensiya"ga qarshi bahs kutib turibdi. Shundan keyin jamoa EChL soʻnggi turida "Atalanta" bilan kuch sinashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar