"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsumda jamoa oʻyinchilari duch kelayotgan muammolar haqida fikr bildirdi.
- "Raqiblar bizdan jismonan kuchli. Ligadagi barcha jamoalar, xususan, “Brayton” va “Bornmut” ham jismoniy koʻrsatkichlar boʻyicha bizdan ustun.
Jamoamizda ligadagi eng kuchli va tezkor oʻyinchilar bor edi, lekin ular turli sabablarga koʻra, biz bilan birga emas. Endi biz toʻp bilan ishlash boʻyicha avvalgi darajamizga qaytishimiz kerak", - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib oʻtamiz, “Manchester Siti” ketma-ket toʻrt marta Angliya chempionatida gʻolib chiqib, bu borada Premer-liga rekordini oʻrnatdi. Biroq joriy mavsumdagi inqiroz tufayli Xosep Gvardiola shogirdlari bu safar chempionlik uchun kurashni juda erta yakunladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar