date
views 12 709

Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqida nimalar dedi?

Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqida nimalar dedi?
"Shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqidagi savolga javob berdi.

"Bilasizmi, markaziy himoyachilar uchrashuvlar davomida qancha xato qiladi? Abduqodir bu borada birinchisi ham emas, oxirgisi ham. "Arsenal"ga qarshi bahs buni koʻrsatib berdi. Abduqodirni yoki boshqa biror futbolchini biron bir xatosi uchun ayblash niyatida emasman. Nazarimda, bu holatda oʻzimda ayb koʻproq, sababi mening jamoamda shunday xatolar kuzatilmoqda. Himoyachilar esa shunchaki ishlashda davom etishi va oʻz oʻyinini kuchaytirishi zarur", – dedi Gvardiola.

Mutaxassis hamyurtimizni OAV orqali ham, alohida suhbatda ham ayblamaganini ta'kidlab, jamoaga endi kirishayotgan futbolchilarga vaqt kerakligiga urgʻu berdi.

"Tan olaylik – uni qoʻllab-quvvatlashimiz zarur. Bilasizmi, men Husanov boʻlsam, yangi mamlakatdagi debyutim, butkul boshqa tilda gaplashadigan yangi jamoa, Premer-ligadagi men uchun dastlabki davrda yordam berishlarini, qoʻllab-quvvatlashlarini istagan boʻlardim. Hozir Xusanovda hech qanday muammo yoʻq, u mashgʻulotda astoydil mehnat qilmoqda. U sovuqqon va oʻta diqqatli yigit", – dedi Gvardiola.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqida nimalar dedi?