11:44 / 13.02.2025
750

Muhammad Saloh barcha zamonlar rekordini oʻrnatib qoʻydi!

Muhammad Saloh barcha zamonlar rekordini oʻrnatib qoʻydi!
Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” 15-turning kechiktirilgan uchrashuvida “Everton” bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi.

Liverpulliklarning har ikki goliga tajribali Muhammad Saloh hissa qoʻshdi. Misrlik hujumkor futbolchi dastlab Mak Allisterga golli pas uzatdi, keyin oʻzi ham gol urdi.

Bu ikki samarali harakat 32 yoshli hujumchi nomini tarixga yozdi. Squawka statistika portalining ma'lum qilishicha, Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining bir mavsumida safar uchrashuvlarida gol+pas tizimida 22 ochko toʻplagan birinchi futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi.

Saloh bu mavsum raqib maydonlaridagi uchrashuvlarda 13 ta gol va 9 ta assist muallifi boʻldi.

Avvalgi rekord Endi Koulga tegishli boʻlib, 1993-1994 yilgi mavsumda bu hujumchi “Nyukasl Yunayted” safida safar uchrashuvlarida gol+pas tizimia 21 ochko toʻplagan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport