
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Nyukasl"ga qarshi oʻyin yakunlari haqida gapirdi.
"Oʻyinni koʻrib, biz qanday ekanligimizni eslab oldik. Ushbu mavsumda bunga qadar boʻlgan oʻyinlarda bunday darajaga chiqa olmayotgandik.
Biz doimo harakatdamiz, biroq har doim ham ishlar oʻxshayvermaydi. Oʻyin tempi va intensivligidan mamnunman, Niko Gonsales va Abduqodir Husanov bugun juda zoʻr oʻynadi. EChLga chiqishimiz uchun bunday oʻyinlarda gʻalaba qozonish kerak. Shunday oʻyin koʻrsataylikki, muxlislarimiz uylariga xursand holda qaytishlari kerak.
Marmush Germaniyada oʻzini yaxshi koʻrsatdi, u sifatli va tezkor futbolchi. "Leyton"ga qarshi oʻyinda u bir qancha vaziyatlarni koʻkka sovurgandi, bugun esa u hujumni yakunlashda yaxshi harakat qildi.
Xoland klub bilan 10 yillik shartnoma tuzdi, u bir kun kelib jamoa sardori boʻlishiga ishonaman. U uchun xursandman", - dedi Gvardiola.
Manba: championat.asia

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar