
Xitoy yashil maydonlarida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi davom etmoqda.
Ikkinchi tur doirasida terma jamoamiz Indoneziya yoshlariga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bellashuvda yoshlarimiz 1:3 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Dastlab, 21-daqiqada Muhammadali Oʻrinboyev jamomizni oldinga olib chiqqan boʻlsa, ikki daqiqadan soʻng raqib futbolchisi Raven hisobni tenglashtirdi. Terma jamoamizning keyingi gollariga esa Abdugʻofur Haydarov (47') va Saidumarxon Saidnurullayev (63') mualliflik qildi.
Indoneziya – Oʻzbekiston 1:3
Gollar: 0:1 – 21, Oʻrinboyev (Hamidov), 1:1 – 23, Raven (Ola), 1:2 – 47, Haydarov (Tuxsonov), 1:3 – 63, Saidnurullayev (Oʻrinboyev).
Indoneziya U-20: 3.Al Gʻaffori, 4.Arel, 5.Buffon (17.Hidayat, 57), 6.Florasta (8.Varman, 80), 9.Raven, 13.Sheva, 15.Ola (20.Rahmon, 87), 16.Pamungkas, 18.Firmansyah, 19.Ragil (7.Abdulmannon, 56), 21.Gvijangge (11.Pahlavi, 87).
Oʻzbekiston U-20: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov, 5.Azizbek Toʻlqinbekov (4.Gʻiyos Rizoqulov, 76), 6.Ravshan Xayrullayev, 7.Daler Tuxsanov (11.Murod Komilov, 75), 9.Saidumarxon Saidnurullayev, 10.Muhammadali Oʻrinboyev (19. Rustambek Fomin, 67), 13.Behruz Jumatov, 20.Dilshod Abdullayev, 22.Asilbek Jumayev (17.Ollobergan Karimov, 85), 23.Abdugʻofur Haydarov (16.Muhammadali Reimov, 85).
Zaxira: 1.Murkayev, 3.Zohidov, 8.Saidov, 14.Qurbonov, 15.Mirzayev, 18.Ahmadjonov, 21.Murodboyev.
Ogohlantirish: Gʻiyos Rizoqulov (90+3). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar