
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silva kelajagi boʻyicha muhim qarorni qabul qilishiga toʻgʻri kelmoqda.
Todofichajes nashri tarqatgan xabarga koʻra, 30 yoshli portugaliyalik oʻyinchi “shaharliklar” bilan hamkorlikni uzaytirishga koʻnmadi.
“Manchester Siti” bu oʻyinchini 2017 yili “Monako”dan olib kelgan edi. Shundan beri jamoada asosiy figuralardan hisoblangan Bernardu Silva endi oʻz kuchini boshqa klublarda sinab koʻrishga qaror qilmoqda.
Bernardu Silvaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Agar u klubda qolishga koʻnmasa, “shaharliklar” uni mavsum yakunlanganidan keyin sotib yuborishiga toʻgʻri keladi.
Transfermarkt portali yaqin oʻtmishda narxi 100 million yevro boʻlgan futbolchini ayni paytda 60 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar