Bobir Abdixoliqov Ozarbayjonning "Sumqayit" klubi oʻyinchisiga aylandi

Bobir Abdixoliqov Ozarbayjonning "Sumqayit" klubi oʻyinchisiga aylandi
Oʻtgan mavsumda "Nasaf" klubi safida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan hujumchi Bobir Abdixoliqov Ozarbayjonning "Sumqayit" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar tarqatdi. Klub oʻzbekistonlik hujumchi bilan bir yilga uzaytirish sharti bilan mavsum soʻnggiga qadar bitim tuzdi.

27 yoshli hujumchi yangi jamoasidan 9-raqam ostida harakat qiladi.
Bobir Abdixoliqov Ozarbayjonning "Sumqayit" klubi oʻyinchisiga aylandi
Eslatib oʻtamiz, "Sumqayit"da yana bir oʻzbekistonlik oʻyinchi, Jasur Jaloliddinov ham toʻp tepadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar