
Angliya Premyer-ligasi 26-turida "Aston Villa" o‘z maydonida "Liverpul" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Muhammad Salah 29-daqiqada mehmonlarni oldinga olib chiqdi, ammo 38-daqiqada Yuri Tilemans hisobni tenglashtirdi. Tanaffus oldidan Olli Uotkins "Aston Villa"ni oldinga olib chiqdi, biroq Trent Aleksander-Arnold 61-daqiqada hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.
"Liverpul" ushbu durangdan keyin 61 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilikni saqlab qoldi, "Aston Villa" esa 39 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!