10:53 / 23.02.2025
1 772

Kutilmagan oʻzgarish: Gvardiola “Siti”dan ketishga qaror qildi

Kutilmagan oʻzgarish: Gvardiola “Siti”dan ketishga qaror qildi
Evropa Chempionlar ligasida “Real”dan uchralgan magʻlubiyatdan keyin “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubni tark etishga qaror qildi.

Ispaniyalik mutaxassis boshqa klublardan taklif kutadi. Bu haqda Footmercato nashri jurnalisti Xosep Pedrerol xabar tarqatdi.

Manbaga koʻra, Pep aslida jamoani oʻtgan yili yozda tark etmoqchi boʻlgan. Gvardiola Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligini koʻzlagan ekan. Biroq bu lavozimga Tomas Tuxel tayinlandi.

Gvardiola oʻsha paytda aniq takliflarga ega boʻlmagani uchun eng qulay variant – “Manchester Siti”da qolishni ma'qul topdi.

Pedrerolning ta'kidlashicha, Xosep Gvardiola “Manchester Siti”dagi faoliyatini yakunlash fikridan qaytmagan va joriy mavsum oxirida jamoa bilan xayrlashishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport