09:03 / 05.03.2025
3 831

Igor Sergeyev "Al Hilol"ga qarshi o‘yin haqida fikrlarini bildirdi

Igor Sergeyev "Al Hilol"ga qarshi o‘yin haqida fikrlarini bildirdi
"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeyev "Al Hilol" (1:0)ga qarshi Osiyo Elit Chempionlar ligasining nimchorak final dastlabki o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yindan taassurotlar qanday?
— Tarixda birinchi marta g‘alaba qozondik, albatta quvonchli. Havo sovuq edi, minus harorat, ammo yigitlar harakat qilishdi. Murabbiyning ko‘rsatmasini bajarishga harakat qildik, qayerdadir uddaladik, qayerdadir yo‘q. Keyingi o‘yin borligi sabab hisobdagi farqni kattaroq qilmoqchi edik, ammo murabbiylar, yigitlar, hamma bu hali boshlanishi ekanini, javob o‘yini borligini biladi va u yerda bir necha barobar og‘irroq bo‘ladi. Sababi ular uyda o‘ynashadi, tarkiblari to‘liq bo‘ladi. Bugun asosiy tarkibda o‘ynamagan bo‘lsam ham mamnunman.

— Jarohatdan tiklanganingizdan so‘ng o‘zingizni qanday his qilyapsiz?
— Ikkita rasmiy o‘yinda harakat qildim, bunga qadar yig‘inda esa 5-6ta o‘yin o‘tkazdim va jarohat bezovta qilmayapti. Hozirda jarohat haqida o‘ylamaslikka harakat qilyapman va bu takrorlanmasligi uchun mashqlar qilyapman.

— Bunga qadar ham "Al Hilol"ga qarshi o‘ynagansiz va gol ham urgansiz. O‘sha "Al Hilol" bilan bugungisining farqi qanday?
— Farq yaqqol ko‘rinib turibdi. Oldin ham yaxshi o‘yinchilar bo‘lgan, ammo jahon darajasida emas, Osiyo darajasida. Hozirgi nomlarni butun dunyo biladi. Umuman olganda, nafaqat "Al Hilol", balki butun Saudiya Arabistoni umuman o‘zgarib ketgan.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport