00:25 / 08.03.2025
4 125

Mirjalol Qosimov jamoasining bugungi g‘alabasi haqida nimalar dedi?

Mirjalol Qosimov jamoasining bugungi g‘alabasi haqida nimalar dedi?
Superliga-2025 dastlabki uchrashuvi OKMK - "Buxoro" (2:1) bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchani muborak Ramazon oyi bilan qutlayman. Shuningdek, barcha ayollarimizni ertangi 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Chempionatning birinchi bahsi har doim qiyin kechadi va hissiyotlarga boy bo‘ladi. Mavsumni boshlash oson emas. Bugun ikki jamoa ham imkon qadar yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Shiddatli, tezkor, hujumkor va jangovar o‘yin guvohi bo‘ldik. Omad bizga kulib boqdi va biz gol ura oldik. Hozir o‘yin sifatiga baho berish noto‘g‘ri, aniqrog‘i hali erta. Ikki jamoa ham bugun yaxshi harakat qildi", - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs haqida.

- Bugun "Buxoro" OKMKga qanchalik munosib qarshilik ko‘rsata oldi deb o‘ylaysiz? So‘nggi daqiqadagi gol va yakuniy hisob bugungi o‘yin uchun qanchalik adolatli natija bo‘ldi?

- Men "Buxoro" yomon o‘ynadi deganim yo‘q. Ikki jamoa ham yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. O‘zimning jamoam ham hozirgi holatdan kelib chiqib yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Endi so‘nggi vaziyatga to‘xtalsak, hali vaziyat takrorini ko‘rganim yo‘q. Mening fikrimcha, himoyachi to‘pga birinchi bo‘lib egalik qilish maqsadida edi, ammo to‘pga yeta olmadi. Vaziyat qanchalik adolatli bo‘ldi, bilmayman. Hozir bir narsa deyish qiyin. Barcha xato qilishi mumkin, balki o‘sha vaziyatda xato bo‘lmagandir. Hozircha esa jamoam g‘alaba qozonganidan xursandman.

- OKMK yangi mavsum oldidan asosiy tarkibining o‘zagini saqlab qoldi. Bir nechta yosh futbolchilar va legionerlar bilan bitim imzolandi. OKMKda yig‘ilgan tarkibdan qanchalik ko‘nglingiz to‘lmoqda? Jamoa Superligada o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygan?

- Maqsadimiz har doimgidek eng yuqori. Futbolda ikki jamoa ham 11 nafar futbolchi bilan maydonga tushadi. Qaysidir jamoa 15ta futbolchi bilan o‘ynay olmaydi. Yigitlarga bo‘lgan talablarim maksimal. Muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak, natija esa o‘zi keladi. Bosh murabbiy har doim o‘z jamoasida eng yaxshi futbolchilarni ko‘rishni istaydi. Jamoada yangilanish bo‘lishi tabiiy, kimdir jarohat olgan. Hozirgina kiyinish xonasida futbolchilarga tezroq tiklanib olishimiz kerakligini aytdim. Aprel va may oylarida 6ta o‘yinda ishtirok etamiz. Hozirgi kunda shu tarkibdan foydalana olamiz va ushbu tarkib imkon qadar foyda keltirishini istayman.

- Janubiy Sudanlik futbolchi Ajak Riak bugun OKMK safidagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Hujumchining bugungi o‘yiniga qanday baho berasiz. Uning o‘rniga maydonga tushgan Ali Abdurahmonov yakunda g‘alaba golini kiritdi...

- Qaysidir futbolchini maqtab, boshqasini yerga urmayman. Bu bir jamoa. Riak bor-yo‘g‘i bir hafta oldin jamoa safiga kelib qo‘shildi. U jamoa yig‘inlarida ishtirok eta olmadi. Umid qilamanki, barcha xarid qilgan futbolchilarimiz jamoaga ko‘p foyda keltirishadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport