
"Neftchi" jamoasi Superliganing 1-turida Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo‘ldi (2:2). Gollarga boy o‘tgan o‘yindan so‘ng farg‘onaliklar ustozi Vitaliy Levchenko fikrlarini bildirdi.
"Birinchi navbatda barchani chempionat boshlangani va 8 mart xotin-qizlar kuni bilan tabriklayman. Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi o‘yin edi. Shu bois dastlabki daqiqalarda biroz sarosima kuzatildi. Bu tabiiy holat. Keyingi daqiqalarda o‘yinda muvozanat qila oldik, umuman ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi. O‘ylaymanki, bugungi o‘yin stadionga tashrif buyurgan muxlislarga manzur keldi. Tablodagi hisob o‘yinga mos bo‘ldi.
"Neftchi" bugun g‘alaba qozonishi kerak edi, lekin "Bunyodkor" tarkibida ham o‘zgarishlar bo‘lganini, sifatli futbolchilarni qo‘shib olganini aytishimiz mumkin. Chempionat endi boshlandi. Ikkinchi golni urganimizdan so‘ng ortga chekindik, raqibga imkoniyat berib qo‘ydik. Ular ustunlikka ega chiqishdi. Futbolchi g‘alaba qozonayotganida albatta natija uchun harakat qiladi, bu ruhiyat bilan bog‘liq.
Hisobda oldinda bo‘lgan vaziyatimizda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishda davom etishimiz kerak edi. Nazariy mashg‘ulotlarda buni ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz. Futbolchilar o‘yin ritmini ushlab olishi kerak. Rasmiy o‘yin va norasmiy o‘yinning farqi katta. Futbolchilar bir-birini tushunib boryapti, bu o‘yindan-o‘yinga yaxshilanadi", - deydi Vitaliy Levchenko. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar