22:30 / 12.03.2025
96

Xosep Gvardiola “Oltin to‘p” sohibi o‘rniga boshqa futbolchini "ko‘z osti"ga oldi

Xosep Gvardiola “Oltin to‘p” sohibi o‘rniga boshqa futbolchini "ko‘z osti"ga oldi
Jarohati tufayli uzoq muddat “Manchester Siti”ga yordam bera olmay kelayotgan Rodri Ernandes mashg‘ulotlarga kirishgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

“Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi qachon yuqori sport formasiga chiqishi hozircha noma’lum.

Bundan tashqari, Xosep Gvardiola tarkibni yangilash siyosatini davom ettirib, Rodrining o‘rniga ham o‘yinchi tanlab qo‘ydi. Ispaniyalik mutaxassis tayanch yarim himoyachi sifatida “Kristal Pelas” klubi futbolchisi Adam Uortonni o‘ynatmoqchi.

Todofichajes nashrining yozishicha, 21 yoshli futbolchining o‘zi ham sovrinli o‘rinlar uchun kurasha oladigan klublardan birida o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan chiqarmoqchi emas.

“Kristal Pelas” bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi bugungi kunda 32 million yevroga baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport