03:54 / 17.03.2025
688

"Barselona"ning ustozi "Atletiko" ustidan qozongan dramatik g‘alaba haqida gapirdi

"Barselona"ning ustozi "Atletiko" ustidan qozongan dramatik g‘alaba haqida gapirdi
La Liganing 28-turida "Barselona" safarda "Atletiko"ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda kataloniyaliklar 72-daqiqagacha 0:2 hisobida ortda edi, ammo shundan so‘ng jamoa ajoyib xarakter ko‘rsatib, g‘alabaga erishdi.

"Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, ammo ikki gol o‘tkazib yubordik. Shu bilan birga, jamoa juda yaxshi kayfiyatda o‘ynashni davom ettirdi. Biz jang qildik va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Jamoa va muxlislar uchun juda xursandman", – dedi "Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik DAZN ga bergan intervyusida.

Flik shuningdek, Ferran Torres va boshqa zaxiradan tushgan futbolchilarning samaradorligini ta’kidladi: "Ferran ajoyib o‘ynadi. Zaxiradan tushgan futbolchilar juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va maydonda 100 foiz kuchini beradi. Bu biz uchun muhim."

Manba: Sportmail.ru

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport