08:55 / 19.03.2025
152

Abduqodir Husanov o‘z intervyusida berilgan savollarga qanday javob berdi?

Abduqodir Husanov o‘z intervyusida berilgan savollarga qanday javob berdi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bugungi mashg‘ulotlar oldidan jurnalistlarga kichik intervyu berdi.

– O‘yinga tayyorgarliklar qanday?
– Tayyorgarlik yaxshi. O‘yinga tayyormiz.

– Abduqodir, taassurotlar qanday?
– Taassurotlar zo‘r.

– Terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlangan, shu haqida fikringiz qanday? Siz baribir Kapadze bilan birga ishlagansiz.
– Bu yerdagi ko‘pchilik birga ishlagan. Yaxshi hammasi.

– Qirg‘iziston bilan ikkinchi o‘yin. Bu uchrashuvni avvalgisidan qanday farqi bo‘ladi?
– Kattaroq hisobda yutishga harakat qilamiz.

– Ko‘pchilikni qiynayotgan savol. Timur Kapadze uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynaydimi yoki ikkitami? Bu haqida hali ma’lumot berilmadimi?
– Men bu yerda o‘yinchiman, murabbiy emas.

– Klubdagi mashg‘ulotlar zavqliroqmi yoki terma jamoadagi?
– Ikkalasi ham zavqli.

– Kojo uchrashuvda qanchalik muammo tug‘dirishi mumkin?
– O‘yinda ko‘ramiz.

– Muxlislarga nima deysiz?
– Muxlislardan qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz. Sizlar bilan osonroq bo‘ladi.

– Pep sizni ingliz tilini yaxshi bilmaydi degandi. Til o‘rganish jarayoni qanday ketyapti?
– Hammasi yaxshi. Sekin o‘rganyapmiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport