02:03 / 21.03.2025
378

Edegor Holand va Isakni taqqosladi: "Ikkalasi ham ajoyib hujumchi"

Edegor Holand va Isakni taqqosladi: "Ikkalasi ham ajoyib hujumchi"
"Arsenal" jamoasi sardori Martin Edegor Erling Holand va Aleksandr Isak haqida o‘z fikrini bildirdi. U "Manchester Siti" hujumchisi Holand bilan Norvegiya terma jamoasida, "Nyukasl" hujumchisi Isak bilan esa "Real Sosyedad"da birga o‘ynagan.

"Har ikkisi ham jarima maydonchasida juda xavfli va ko‘p gol urishadi. Ular o‘yin uslubi bo‘yicha bir-biriga o‘xshamaydi, ammo ikkalasi ham ajoyib hujumchi. Erling doimiy ravishda rekordlar o‘rnatmoqda, bu uning nechog‘lik kuchli ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Aleksandr ham ajoyib futbolchi, u bu mavsumda juda yuqori darajada o‘ynamoqda", – dedi Edegor.

Manba: euro-football.ru
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport