04:52 / 21.03.2025
15 658

Eldor Shomurodov: "Eronni yutsak, mundial yo‘llanmasini 99% hal etgan bo‘lamiz"

Eldor Shomurodov: "Eronni yutsak, mundial yo‘llanmasini 99% hal etgan bo‘lamiz"
Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov bugungi uchrashuv haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Jahon chempionatiga yana bir qadam tashladik. Oldinda yana final kutib turibdi. Eronni yutsak, mundial yo‘llanmasini 99% hal etgan bo‘lamiz. Tehronda g‘alaba qozonishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz" - deya fikr bildirdi terma jamoamiz sardori bahs yakunlangach.

- Eldor aka, 11 metrlik jarima zarbasi belgilangan chog‘ida Otabek Shukurov va Jaloliddin Masharipovlar yoningizga keldi. Ular ham penaltini tepishmoqchi edimi?
- Ha, biz har penalti oldidan bu safar kim tepishi kerakligini kelishib olamiz. Bugun ular nuqtadan gol ura olmasligimni sezgan ekan(kuladi).

- Raqib darvozaboni sizning zarbalaringizni o‘rganib chiqqan ekanmi?
- Balkim, men o‘zi juda kam penalti tepaman.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport