
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi muhim bahs oldidan tiklanish mashg‘ulotlarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

21 mart kuni kechqurun “oq bo‘rilar” Toshkentdagi mashg‘ulot maydonida tiklanishga qaratilgan yengil mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Mashg‘ulotlarda Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etmagan futbolchilar, jumladan, Oston O‘runov va Sherzod Nasrullayev ham maydonga tushdi. Bu holat muxlislar uchun alohida quvonarli yangilik sifatida qabul qilindi.

Temur Kopadze boshchiligidagi shtab futbolchilarning jismoniy holati, o‘yinoldi tayyorgarligi hamda umumiy kayfiyatini yuqori holatda saqlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamoada ijobiy ruh va birdamlik hukm surmoqda.

Shuningdek, mashg‘ulotlar paytida futbolchilar o‘rtasida yugurishlar, yengil to‘p uzatish mashqlari, hamda motivatsiyaga qaratilgan suhbatlar olib borildi. Mashg‘ulotlarda Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev, Hojiakbar Alijonov va boshqa bir qator futbolchilar juda ko‘tarinki kayfiyatda qatnashishdi.

Terma jamoa 23 mart kuni Eronga yo‘l oladi. Ayni paytdagi vaziyatda “A” guruhida Eron 19 ochko bilan peshqadam hisoblansa, O‘zbekiston 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda boryapti. Uchinchi o‘rin egalari BAA va Qatar 10 ochkodan jamg‘argan. Ushbu o‘yin Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi bosqichiga yo‘l ochib berishi mumkin.


O‘zbekiston – Eron o‘rtasidagi muhim uchrashuv 25 mart kuni Tehronda bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar