
“Liverpul” futbolchisi Luis Diasning “Barselona”ga o‘tish imkoniyati yana pasaydi. Katalon klubi uzoq yillardan beri bu hujumchiga qiziqib kelayotgan edi, ammo kelishuv bu safar ham yuqori narx sababli amalga oshmasligi mumkin.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, “Liverpul” kolumbiyalik futbolchi uchun kamida 75 million yevro talab qilmoqda. “Barselona” esa bu miqdordagi transferni zarur deb hisoblamayapti.
Shuningdek, bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham Luis Diasning transferiga qarshi. Dias joriy mavsumda 42 ta o‘yinda 13 ta gol va 7 ta assist qayd etgan, deb xabar beradi euro-football.ru. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar