
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" va "Nasaf" o‘rtasidagi bellashuvida "ajdarlar" 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Husayn Norchayev hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib Oybek Bozorov hisobni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Shu bilan birga, 70-daqiqada Sharof Muhitdinov hisobni yiriklashtirib qo‘ygan bo‘lishiga qaramasdan, 10 daqiqa o‘tib Sirojiddin Qo‘ziyev penaltidan unumli foydalangan holda, hisobni qisqartirdi. Bundan tashqari, o‘yinning 86-daqiqasida Muhitdinov dublni rasmiylashtirib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
“Sho‘rtan” — “Nasaf” 1:4
Gollar: Husayn Norchayev 5 0:1, Oybek Bozorov 26, 0:2, Sharof Muhitdinov 70, 0:3, Sirojiddin Qo‘ziyev (penalti) 80, 1:3, Sharof Muhitdinov 86, 1:4
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar