
Chempionlar ligasi chorak finalida “Barselona” o‘z maydonida “Borussiya Dortmund”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Robert Levandovski 48 va 66-daqiqalarda gol urdi va shu tariqa joriy mavsumdagi umumiy gollari sonini 40 taga yetkazdi.
Eng muhim jihati shuki, Levandovski endi UEFA Chempionlar ligasi tarixida uchta turli klub safida bir mavsumda 10 yoki undan ko‘p gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Bu natijaga u “Borussiya Dortmund”, “Bavariya” va “Barselona” bilan erishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!