date
views 166

Oston O‘runov yana jarohat oldi — u qancha muddat maydonga tusha olmaydi?

Oston O‘runov yana jarohat oldi — u qancha muddat maydonga tusha olmaydi?
O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning yetakchi klublaridan biri “Persepolis” safida to‘p surayotgan Oston O‘runov navbatdagi jarohatni oldi. Bu haqda Eronning Varzish3 nashri ma’lum qildi.

25-daqiqada almashtirildi
Eron Pro Ligasining 27-turidan o‘rin olgan “Sepaxon”ga qarshi o‘yinning 25-daqiqasida O‘runov og‘riq his qilgan va maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.

Klub tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tibbiy tekshiruvlar natijasida unda mushak bo‘shlig‘ida cho‘zilish aniqlangan. Shifokorlar ma’lum qilishicha, futbolchi taxminan 2—3 hafta davomida mashg‘ulotlarga qo‘shila olmaydi.

Termadan avval ham qolgan edi
Ma’lumki, Oston O‘runov avvalroq ham ushbu turdagi jarohat tufayli terma jamoa safida Jahon chempionati saralashida Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yinlarda qatnashmagan edi.

Bu galgi jarohat ham muxlislar va mutaxassislarda ma’lum xavotir uyg‘otdi.

Iyun oyigacha tiklanishi kutilyapti
Yaxshi yangilik shuki, O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi rasmiy uchrashuvlari iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Va mutaxassislarning fikricha, O‘runov ushbu muddatgacha safga qaytishi mumkin.

Siz nima deb o‘ylaysiz — Ostonning sog‘lomligini saqlash uchun qanday choralar ko‘rilishi kerak? Termamiz unsiz qay darajada kuchli o‘yin ko‘rsata oladi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runov yana jarohat oldi — u qancha muddat maydonga tusha olmaydi?