date
views 1 082

Pepe "Barselona" – "Real" to‘qnashuvi bo‘yicha taxminini bildirdi

Pepe "Barselona" – "Real" to‘qnashuvi bo‘yicha taxminini bildirdi
Portugaliya terma jamoasi hamda Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Pepe Ispaniya Kubogi finali oldidan o‘z taxmini bilan o‘rtoqlashdi. U o‘zining sobiq jamoasi bo‘lgan madridliklarning g‘alaba qozonishiga ishonayotganini bildirdi.

Karlo Anchelotti boshqaruvidagi «qaymoqranglilar» bugun kechasi hal qiluvchi bahsda o‘zining azaliy raqibi «Barselona» bilan ro‘baro‘ keladi. Pepening so‘zlariga ko‘ra, bu o‘yinda «Real»ning g‘alaba qozonishi mumkinligiga shubha yo‘q, lekin final bahsi o‘ta murakkab va keskin kechishi aniq.

«Men «Real»ning bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishiga umid qilaman va ishonaman. Ammo «Barselona»ga qarshi finalda g‘alaba qozonish juda oson bo‘lmaydi. O‘yinning natijasi bo‘yicha mening taxminim – 2:0. Gollarni esa Valverde va Ryudiger uradi deb o‘ylayman», — deya o‘z taxminini aytdi Pepe.

Eslatib o‘tamiz, bugun kechasi, 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kecha Ispaniya Kubogining final bahsi bo‘lib o‘tadi. Dunyo futbolidagi eng mashhur to‘qnashuvlardan biri bo‘lgan ushbu o‘yin butun futbol muxlislarini katta qiziqish bilan ekrani qarshisida yig‘adi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pepe "Barselona" – "Real" to‘qnashuvi bo‘yicha taxminini bildirdi