
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Levante” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz 1-bo‘limda juda yaxshi harakat qildik va sifatli futbol namoyish etdik. Tanaffusdan keyin esa futbolchilar maydonga ancha bo‘shashgan holda chiqishdi. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz menga keyinchalik jamoani shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Krishtianu Ronaldu gol urolmayotgan bo‘lsa ham, uning ahvoli yaxshi. Birinchi gol aynan uning zarbasidan keyin yuzaga keldi. To‘p himoyachi tomonidan qaytarilib, Beylga etib bordi va u hisobni ochdi. Ikkinchi golda esa hammasi ochiq-oydin. Ronalduning zarbasiga Beyl oyoq qo‘yib qoldi, xolos. Kelayotgan yakshanba kuni aynan shunday yuqori saviyada to‘p surishimiz kerak”, - deydi Anchelotti.
Manba: www.uff.uz
Real KlubiKarlo AnchelottiKrishtianu RonalduLevante UstidanFutbol O‘yinimizG‘alaba Olish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar