Toshkent yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

31 iyul kuni soat 16:13 da Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududida 2,8 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Mazkur zilzila poytaxt va unga tutash ayrim tumanlarda 2 balldan 3 ballgacha bo‘lgan darajada sezildi. Zilzilaning epitsentri Toshkent shahridan taxminan 11 kilometr shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda joylashib, uning o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
31 iyul kuni soat 16:13 da Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududida 2,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Yer silkinishi poytaxt va unga tutash ayrim hududlarda ham sezilgani ma’lum qilindi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilaning epitsentri Toshkent shahridan taxminan 11 kilometr shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda, Zangiota tumani hududida joylashgan. Yer osti silkinishining o‘chog‘i esa 5 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Mutaxassislar bildirishicha, zilzila Toshkent shahri hamda atrofdagi bir qator tumanlarda turli darajada his etildi. Jumladan:
Uchtepa tumani — 3 ball;
Shayxontohur tumani — 2–3 ball;
Chilonzor tumani — 2–3 ball;
Olmazor tumani — 2 ball;
Zangiota tumani — 2 ball;
Toshkent shahri — 2 ball;
Yakkasaroy tumani — 2 ball;
Sergeli tumani — 2 ball;
Mirobod tumani — 2 ball;
Yunusobod tumani — 2 ball.
Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayrongarchiliklar haqida rasmiy ma’lumotlar keltirilmagan. Vakolatli idoralar vaziyatni nazorat qilib borayotganini ma’lum qildi.






























Izohlar 0
…