date
views 260

YECHL yarim finali: “Barselona” – “Inter” bahsi natijasiga mashhur saytlardan prognozlar!

YECHL yarim finali: “Barselona” – “Inter” bahsi natijasiga mashhur saytlardan prognozlar!
Bugun Yevropa Chempionlar ligasining orziqib kutilayotgan yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda kataloniyalik “Barselona” o‘z maydonida Italiyaning “Inter” klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv muxlislarning alohida eʼtiborida turibdi, chunki ikki jamoa ham bu mavsum Yevropa maydonlarida ajoyib o‘yin namoyish qilib kelmoqda.

Ushbu super bahs oldidan bir qator mashhur sport saytlari o‘yin natijasi bo‘yicha o‘z taxminlarini eʼlon qildi.

Jumladan, Britaniyaning nufuzli “SportMole” nashri kataloniyaliklarning o‘z maydonidagi kuchli o‘yiniga ishonmoqda va uchrashuvda “Barselona”ning 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozonishini taxmin qilmoqda.

“90MIN” sayti esa jamoalarning bir-biriga nisbatan yaqin saviyasi va kuchlar teng kelishiga eʼtibor qaratib, kichik ustunlik bilan “Barselona” 2:1 hisobida zafar quchishini bashorat qildi.

Hindistondagi mashhur sport platformasi “Sportskeeda” mutaxassislari “Barselona”ning hujumkor futbolchilari bahs taqdirini hal qilishiga ishonishmoqda va “Inter”ni 3:1 hisobida mag‘lub etishini taxmin qilishdi.

Aytish lozimki, bu taxminlar muxlislarning uchrashuvga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirmoqda. Bugun tun yarmida boshlanadigan ushbu o‘yinda qaysi jamoa zafar quchishi haqidagi savol ochiq qolmoqda. Biroq aniq bo‘lgani shuki, ushbu bahs Yevropa Chempionlar ligasining eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri bo‘ladi. Bunday o‘yinni o‘tkazib yubormang!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL yarim finali: “Barselona” – “Inter” bahsi natijasiga mashhur saytlardan prognozlar!