
Hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida aralash jang san’ati bo‘yicha "UFC on ESPN 67" turniri qizg‘in tarzda davom etmoqda. Ushbu turnirning eng muhim to‘qnashuvlaridan biri hisoblangan "co-main event" jang kechasida mezbon mamlakatning yorqin vakili Bo Nikal hamda Niderlandiyaning kuchli vakillaridan biri Rene de Ridder o‘zaro oktagonga ko‘tarildi.
Birinchi raunddayoq faolligi bilan ajralib turgan Ridder raqibidan ko‘ra aniqroq va tezkor harakat qildi. Nikalga nisbatan jismoniy va texnik jihatdan ustunligini ko‘rsata olgan niderlandiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibini texnik nokaut bilan taslim etdi.
Bu mag‘lubiyat Bo Nikal uchun professional aralash janglar (MMA) faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Shu paytga qadar amerikalik jangchi ketma-ket yetti marotaba g‘alaba qozonib, muxlislarning mehrini qozonishga ulgurgan edi.
Rene de Ridder uchun esa bu g‘alaba uning MMA olamidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Hozircha sport olamidagi ko‘plab mutaxassislar bu g‘alabani uning kelgusidagi katta janglari uchun muhim bosqich sifatida baholamoqda.
UFCAmerika Qo‘shma ShtatlariBo NikalRene de RidderAralash JanglarJang San’ati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar