Shu yilning iyul oyida Xitoyning “Beyjing Goan” klubi o‘z tarkibiga O‘zbekiston Milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevni qo‘shib olgan edi.
“Darakchi” nashrining ma’lum qilishicha, shartnomaga ko‘ra Sergeev klub safida 6 oylik muddatda ijara asosida to‘p surishi, agar jamoada yaxshi o‘yin ko‘rsata olsa qo‘shimcha shartnoma taklif etilishi kerak edi.
Biroq o‘z debyutini “Tyanjin Teda”ga qarshi 14 daqiqalik o‘yini (0 – 0) bilan boshlagan hujumchining Xitoydagi faoliyati juda omadsiz o‘tdi. Umumiy hisobda 14 marotaba (7 marotaba asosiy tarkibda) “Beyjing Goan” safida maydonga tushgan Sergeev 700 daqiqa maydonda to‘p surdi va atigi 1 marotaba gol urdi xolos. U ham bo‘lsa, hamyurtimiz Anzur Ismoilov (himoyachi!) to‘p suradigan “Changchung Yatay” jamoasiga qarshi o‘yinda kiritilgan edi.
Xabarda ta’kidlanishicha, “Beyjing Goan” futbolchi bilan shartnoma tuzishni istamagan va futbolchi “Paxtakor” klubida faoliyatini davom etirishi mumkin. Amaldagi shartnoma shu yil 31 dekabrda o‘z yakuniga etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi