18:30 / 24.11.2016
6 148

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 14 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 14 pog‘ona pastladi

Ushbu reytingda O‘zbekiston terma jamoasi avvalgi oy reytingidagi o‘rnidan 14 pog‘ona pastlab, 62-o‘rindan joy oldi.

O‘FF rasmiy sayti xabariga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hisobidagi ochkolar soni 558ni tashkil qilmoqda.

Oktyabr oyi reytingida O‘zbekiston Osiyoning to‘rtinchi jamoasi bo‘lib turgan bo‘lsa, bu safar qit’a termalari orasida 6-o‘rinda.

Osiyo mamlakatlari orasida etakchilikni hamon o‘zida saqlab turgan Eron 3 pog‘ona pastlab, 30-o‘ringa tushdi. Janubiy Koreya esa, aksincha, 7 pog‘ona ko‘tarilib, 37-o‘ringa chiqib oldi. Shuningdek, Yaponiya (45-o‘rin, +6, Avstraliya (48, - 8) va Saudiya Arabistoni (56, -2) terma jamoalari O‘zbekistondan yuqori o‘rinlarni egallagan.

Jahon Chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan Xitoy, Qatar va Suriya terma jamoalari mos ravishda 83, 88 va 94-o‘rinlardan joy egallagan.

Jahonning umumiy reytingda Argentina terma jamoasi etakchilik qilishda davom etmoqda. Braziliya 1 pog‘ona ko‘tarildi va 2-o‘ringa chiqib oldi. Natijada Germaniya 3-o‘ringa tushdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 14 pog‘ona pastladi