date
views 102

Nursulton Ro‘ziboyev bugungi muhim jang oldidan tarozidan o‘tdi!

Nursulton Ro‘ziboyev bugungi muhim jang oldidan tarozidan o‘tdi!
MMA ishqibozlari kutayotgan yana bir katta turnir boshlanishiga endi sanoqli soatlar qoldi. 17 maydan 18 mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston vaqti bilan soat 01:00 da AQSHda "UFC Fight Night 256" turniri start oladi. Mazkur musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan mashhur hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyev ham oktagonga chiqadi.

Turnir oldidan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan vazn o‘lchash marosimi bugun yakunlandi. Jangchilar o‘z vaznlari bo‘yicha turnir talablariga mos kelishini isbotlash uchun tarozidan o‘tishdi.

Asosiy karddagi eng qiziqarli qarama-qarshiliklardan biri bo‘lgan hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyev va amerikalik Dastin Stolsfus o‘rtasidagi jang uchun har ikki sportchi ham vazn chegarasidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ikkala sportchining vazni bir xil bo‘lib, 84,14 kilogrammni tashkil qildi. Bu esa ikki tomonning ham yaxshi jismoniy tayyorgarlik ko‘rgani va jangga tayyorligidan darak beradi.

Boshqa asosiy karddagi ishtirokchilar orasida ham qiziqarli janglar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, yarim o‘rta vazn toifasida tajribali braziliyalik jangchi Gilbert Byorns (77,11 kg) ekvadorlik yosh iste’dod Maykl Morales (77,33 kg) bilan to‘qnashadi. Yarim og‘ir vaznda esa Rodolfo Bellato (93,21 kg) va Pol Kreyg (92,98 kg) o‘zaro hisob-kitob qiladi.

Shuningdek, asosiy kard doirasida muxlislarni Sodik Yusuff va Mayron Santos (ikkalasi ham 70,53 kg), Julian Erosa va Melkizael Kosta (65,77 kg), Gabriel Grin (70,08 kg) va Mateus Kamilo (70,3 kg) kabi kuchli va mahoratli jangchilarning qarama-qarshiliklari kutmoqda.

Prelim bosqichida ham qiziqarli juftliklar bo‘lib, unda Jerad Gordon va Tiago Moyzes (70,76 kg — 70,53 kg), Yade Del Valle va Konnor Mettyus (65,99 kg — 65,77 kg), Luana Santos va Tainara Lisboa (61,68 kg — 61,46 kg), Elis Rid va Denise Gomes (ikkalasi 52,16 kg), Xyun Sung Park va Karlos Xernandez (56,92 kg — 57,15 kg), Tisha Pennington va Luana Pinero (52,38 kg — 51,93 kg) kabi jangchilar ishtirok etadi.

Zamin.uz tahririyati Nursulton Ro‘ziboyevga ushbu turnirda omad va g‘alaba yor bo‘lishini tilaydi hamda ushbu muhim voqeani diqqat bilan kuzatib, natijalar haqida sizga tezkor ma’lumot berib borishda davom etadi.

Hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyevning UFCdagi navbatdagi jangiga sanoqli soatlar qoldi! Uning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nursulton Ro‘ziboyev bugungi muhim jang oldidan tarozidan o‘tdi!