date
views 151

Dastin Shtolsfus - Nursulton Ro‘ziboyev. Mashhur saytlar jang natijasini taxmin qildi

Dastin Shtolsfus - Nursulton Ro‘ziboyev. Mashhur saytlar jang natijasini taxmin qildi
Habaringiz bor, 17 maydan 18 mayga o‘tar kechasi soat 01:00 (O‘zbekiston vaqti bilan) AQSHda “UFC Fight Night 256” turnirining navbatdagi janglari start oladi. Unda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Uning raqibi — amerikalik Dastin Shtolsfus bo‘ladi.

Baʼzi mashhur sport tahlilchilari va nashrlar bu jang bo‘yicha o‘z prognozi va tahlillarini taqdim etishdi. Ularga ko‘ra, jang erta yakun topishi ehtimoli yuqori.

“MMA Fighting”: Nursulton parterda ustun bo‘ladi

Ushbu nashrning tahlilida Ro‘ziboyevning parterdagi ustunligiga urg‘u berilgan. Mutaxassislar, Nursulton raqibini yerga yiqitib, u yerda zarbalar yog‘dirish yoki sabmishn (taslim etuvchi usul) bilan g‘alabaga erishishini taxmin qilishmoqda.

“The Stat Zone”: statistika Ro‘ziboyevni ko‘rsatmoqda

Bu nashr esa raqiblarning umumiy natijalarini tahlil qilgan holda, Ro‘ziboyevning 77 soniyada Brunno Ferreyrani nokaut qilganini, Shtolsfus esa aynan shu raqibdan mag‘lub bo‘lganini eslab o‘tadi. Ularga ko‘ra, jang muddatidan oldin tugashi ehtimoli katta va g‘alaba o‘zbekistonlik sportchi tomonida bo‘ladi.

“Clutch Points”: zarba kuchi hal qiluvchi bo‘ladi

Bu manba esa, Shtolsfus jangda erta nazoratni qo‘lga kirita olmasa, kuchli zarbalari bilan tanilgan Ro‘ziboyev bu imkoniyatdan foydalanib, jangni o‘z foydasiga yakunlashi mumkinligini yozmoqda.

Zamin.uz tahririyatidan:

Nursulton Ro‘ziboyevning UFC‘dagi ikkinchi jangini barcha o‘zbekistonlik sport muxlislari intiqlik bilan kutmoqda. Uning har bir chiqishi nafaqat shaxsiy karyerasi, balki yurtimiz MMA salohiyatini namoyon etadi. 256-turnirdagi natija esa Ro‘ziboyevning UFC‘dagi kelajak rejalariga jiddiy taʼsir qilishi mumkin.

Sizchi, Nursulton bu safar ham jangni erta yakunlay oladimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dastin Shtolsfus - Nursulton Ro‘ziboyev. Mashhur saytlar jang natijasini taxmin qildi