date
views 77

Lushchan “Bunyodkor” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

Lushchan “Bunyodkor” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” (2:3) bellashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etib, jamoasi harakatlari va hakamlik masalasi bo‘yicha fikr bildirdi.

“Juda maroqli bahs bo‘ldi. His qilishimcha, tomoshabinlarga ham yoqdi. Futbolchilar o‘zlariga berilgan ko‘rsatmalarni bajarishdi va natija shunga yarasha tabloda aks etdi. Yana 2-3ta vaziyatdan foydalanganimizda, uchrashuv taqdirini avvalroq hal qilgan bo‘lardik. VAR haqida gapiradigan bo‘lsam, tushunmovchiliklar bor — bir o‘yinda bir xil, boshqasida butunlay boshqacha talqin qilinmoqda. Hakamlar qo‘mitasi bu holatni tahlil qilishi kerak deb o‘ylayman,” — dedi murabbiy.

“Taqvim bosimiga qaramay, natija bor”

“So‘nggi haftada uchta o‘yin o‘tkazdik. Bu jismoniy jihatdan oson emas. Kubokda kam maydonga tushadiganlar o‘ynagandi, lekin natija kerak bo‘lgani uchun oxirida asosiy tarkibni maydonga chiqardik. Hozir esa bir haftalik tanaffus bor. “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvgacha tiklanib olamiz, degan umiddaman.”

“Bunyodkor” ustidan olingan g‘alaba — rejaning ifodasi

“Raqib hujumda kuchli. Biz bu jamoani yaxshi tahlil qildik. Futbolchilarimiz bugun himoya chizig‘idagi zaif nuqtalardan unumli foydalandilar. O‘yinda rejamiz ishladi — qoniqdim.”

“Teydini ko‘rishmayapti emas — o‘yin shunday ketdi”

“Teydi golli vaziyatga chiqmadi deb o‘ylayman. Bu legionerlar til bilmasligi bilan bog‘liq emas. Ular mashg‘ulotlarda hammasini tushunib ishlayapti. Bizda hujumda tezkor futbolchilar bor. Ular orqa chiziqqa ochilishga harakat qiladi. Lekin natija bo‘lmasa, boshqa yo‘l qidirishimizga to‘g‘ri keladi.”

“Penaltini kim tepishini o‘yinda o‘zi hal qiladi”

“Jiyanov, Ahmedov, O‘rinboyevlar mashg‘ulotlardan so‘ng penalti urishadi. Lekin men hech kimni majburlamayman. O‘yin oldidan 3-4 nomzodni belgilaymiz. Muvaffaqiyat uchun kim o‘ziga ishonsa, o‘sha tepadi.”

VAR bo‘yicha so‘z: “Hozirgi qoidalar tushunarsiz”

“Bizga gol urib yuborishgan vaziyatda Azim Ahmedovga nisbatan qoida buzilgan deb hisoblayman. Agar u epizodda fol bo‘lgan bo‘lsa, gol bekor qilinishi kerak edi. Ammo buni hakamlar tushuntirishi kerak. Men — murabbiyman, hakam emas.”

Zamin.uz tahririyatidan: “Navbahor” rahbariyati ustoz Lushchanga ishonmoqda va natijalar shunga yarasha o‘z ifodasini topayotgani qayd etilmoqda. Jamoaning yosh tarkibi va faol taktik qarashlari uning kelajakdagi muvaffaqiyatiga poydevor bo‘lmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lushchan “Bunyodkor” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?