
Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Qizilqum" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Dramatik kechgan bahsda samarqandliklar 90+6-daqiqadagi goli evaziga kambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Roman Papariga hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 6-daqiqasi o‘tib borayotganda Oybek O‘rmonjonov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Shahzodbek Rahmatullayev gol urib, yana jamoasini oldinga olib chiqdi. 77-daqiqada Jurani Ferreira oradagi farqni qisqartirdi. Shu bilan birga, qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisi o‘tib borayotganda Sanjar Qodirqulov gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
“Dinamo” – “Qizilqum” 3:2
Gollar: Roman Papariga (22), Oybek O‘rmonjonov (51), Shahzod Rahmatillayev (61), Fransisko Jurani (77), Sanjar Qodirqulov (90+8).
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 5.Duglas Maykon (8.Sanjar Qodirqulov, 46), 6. Jahongir O‘rozov, 7.Fransisko Jurani, 9.Mirjahon Mirahmadov (37.Firdavs Abdurahmonov, 63), 10.Anvarjon Hojimirzayev (23.Behruzbek Oblaqulov, 86), 16.Richard Fraydey (25.Oybek O‘rmonjonov, 46), 17.Salim Mustafoyev, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug‘bek Abdullayev, 88.Marko Stanoyevich (11.Hislat Halilov, 46).
Zaxira: 27.Edem Nemanov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, 24.Muxsin Bozorov.
"Qizilqum": 1. Sanjar Quvvatov - 23. Samandar Shukurullayev, 88. Dushan Miyich, 5. Dilshodjon Komilov, 15. Nikola Kumburovich - 8. Shahzod Rahmatullayev, 77. Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (33. Sulton Rahmatov, 84), 22. Shahzod Turopov (7. Davron Anvarov, 50), 11. Jambuli Jigauri, 70. Alen Mashovich - 10. Roman Papariga (17. Akmaljon Muzaffarov, 81).
Zaxira: 30. Farhod Rahmatov, 6. Murodali Usmonov, 18. Farhod Bekmurodov, 19. Ilhomjon Kenjayev, 32. Mustaqim Boboqulov.
Ogohlantirish: Richard Fraydey (36), Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (38), Roman Papariga (63). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar