
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralash bosqichining hal qiluvchi uchrashuvlari uchun muhim tayyorgarlikni boshlamoqda. Jamoamiz 28 may kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlab, 29 may sanasidan e’tiboran Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘in bilan davom ettiradi.
Milliy jamoamizning o‘yinlar taqvimi ham juda qizg‘in: 5 iyun kuni BAA termasiga qarshi mehmonda o‘yin o‘tkazilsa, 10 iyun kuni esa Toshkentning "Bunyodkor" stadionida Qatar milliy jamoasi qabul qilinadi. O‘zbekiston ushbu bahslarda muvaffaqiyat qozonsa, Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati katta bo‘ladi.
Jamoaning bosh murabbiyi Temur Kapadze yig‘inga quyidagi futbolchilarni jalb etdi:
Darvozabonlar:
O‘tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi").
Himoyachilar:
Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Abdulla Abdullayev ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("Manchester Siti", Angliya), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Islom To‘xtaxo‘jayev (OKMK), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Farruh Sayfiyev ("Neftchi").
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov ("Bunyodkor"), Abbos Fayzullayev (SSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Oston O‘runov ("Persepolis", Eron), Otabek Shukurov ("Al Fayha", Saudiya Arabistoni), Abdurauf Bo‘riyev ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Aziz Turg‘unboyev ("Sivasspor", Turkiya).
Hujumchilar:
Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeyev ("Paxtakor").

Terma jamoamiz tarkibida ham xorijda faoliyat yurituvchi tajribali legionerlar, ham mamlakat chempionatida o‘z iqtidori bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan mahalliy futbolchilar borligi bilan e’tiborlidir. Xususan, Abduqodir Husanovning "Manchester Siti" klubidagi tajribasi, Eldor Shomurodovning Italiya chempionatidagi o‘yinlari jamoaning kuchini oshirishga katta yordam beradi.
Ayniqsa, BAA va Qatarga qarshi o‘yinlarda jamoaning jipsligi, taktik tayyorgarligi va o‘zaro tushunish darajasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Muxlislarimiz mazkur uchrashuvlarni katta qiziqish bilan kutib qolishgan va jamoamizning tarixiy g‘alabalarga erishishiga umid qilishmoqda.
O‘zbekiston milliy jamoasiga muvaffaqiyat tilaymiz va futbol muxlislarini yuksak saviyali o‘yinlar bilan quvontirishlarini intiqlik bilan kutib qolamiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar