date
views 1 984

Qatar bilan o‘yinga faqat joyida chipta sotiladi

Qatar bilan o‘yinga faqat joyida chipta sotiladi
10-iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan muhim bahs – O‘zbekiston va Qatar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash o‘yini oldidan muhim yangilik e’lon qilindi.

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) ma’lumotiga ko‘ra, bu safar uchrashuv uchun onlayn chipta savdosi amalga oshirilmaydi. Bu chora chiptalarning soxtalashtirilishining oldini olish va firibgarlik holatlarining takrorlanmasligi uchun joriy etilgan.

Shu sababli, chiptalarni faqat quyidagi maskanlarda oflayn tarzda sotib olish mumkin bo‘ladi:
1. “Humo Arena”
2. “Bunyodkor” stadioni
3. “Paxtakor” stadioni

Chiptalar maxsus kodlangan himoya tizimi bilan jihozlanadi. Ta’kidlanishicha, avvalgi o‘yinlarda firibgarlar elektron chiptalarni qalbakilashtirib, ko‘plab muxlislarning stadionga kirishiga to‘sqinlik qilgan.

Chiptalar qachon sotuvga chiqishi haqida O‘FA tez orada qo‘shimcha ma’lumot beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar bilan o‘yinga faqat joyida chipta sotiladi