
Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan “Thailand Open” xalqaro boks turniri final bosqichiga yetib keldi va bugun hal qiluvchi bahslar davom etmoqda. Yurtdoshimiz, Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov ham ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etdi va o‘z vazn toifasida chempionlikka erishdi.
-55 kg vazn toifasidagi final to‘qnashuvi Faryozbek Do‘smatov va mezbon mamlakat vakili Saravut Sukthet o‘rtasida kechdi. Jang juda keskin va murosasiz ruhda boshlandi. Birinchi raunddayoq har ikki bokschi faol va hujumkor harakatlari bilan ajralib turishdi.
Biroq ikkinchi raund davomida taniqli tailandlik bokschi Saravut Sukthetning qoshi ochilib ketdi va shifokor nazoratidan so‘ng, unga jangni davom ettirishga ruxsat berilmadi. Haqiqiy jangbozlik namoyon etgan Do‘smatov shifokor qarori bilan g‘olib deb e’lon qilindi va oltin medalga ega chiqdi.
Ushbu yutuq Faryozbek Do‘smatov uchun xalqaro ringdagi eng yirik g‘alabalardan biri bo‘lib, uning kelajakda katta musobaqalarda ham yuksak natijalar qayd etishiga ishonch uyg‘otmoqda.
Shuningdek, yurtdoshlarimizni oldinda yana bir muhim jang kutmoqda — -70 kg vazn toifasidagi finalda Muhammadazizbek Ismoilov Qozog‘iston vakili Torexan Sabirxanga qarshi ringga chiqishi rejalashtirilgan. Bu jangda ham O‘zbekiston bayrog‘i yana baland ko‘tarilishi kutilmoqda.
Zamin.uz tahririyati chempion bo‘lgan Faryozbek Do‘smatovni tabriklaydi va finalda qatnashadigan bokschilarimizga omad tilaydi. Ular singari yoshlar — mamlakatimiz sport salohiyatining yuksalishiga xizmat qilayotgan faxrimizdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar