
Bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi xalqaro maydonda jiddiy sinovni boshdan kechiradi — raqib esa Yevropaning eng kuchli yosh tarkiblaridan biri sanalgan Fransiya Olimpiya terma jamoasi (OTJ). O‘rtoqlik uchrashuvi doirasidagi mazkur bellashuvda ikki jamoa Parij-2024 Olimpiadasi arafasida o‘z salohiyatini baholash imkoniga ega bo‘ladi.
Fransiya terma jamoasini bu safar sobiq futbolchi, hozirda esa iqtidorli mutaxassis sifatida tanilgan Jerald Batikl boshqaradi. U ushbu yig‘in uchun Yevropaning yetakchi klublarida to‘p surayotgan 23 nafar iqtidorli futbolchini saralab olgan.
Darvozabonlar:
• Obe Nkambadyo – “Parij” klubi (Fransiya)
• Giyom Rest – “Tuluza” (Fransiya)
• Robin Risser – “Red Star” (Fransiya)
Himoyachilar:
• Ismael Dukure – “Strasburg” (Fransiya)
• Kastello Lukeba – “RB Leypsig” (Germaniya)
• Krislen Matsima – “Monako” (Fransiya)
• Kristian Mavissa – “Marsel” (Fransiya)
• Kenten Merlen – “Marsel” (Fransiya)
• Kiliann Sildilya – “Frayburg” (Germaniya)
• Natan Zeze – “Nant” (Fransiya)
Yarim himoyachilar:
• Lyusyen Agume – “Sevilya” (Ispaniya)
• Jaui Sisse – “Renn” (Fransiya)
• Feliks Lemareshal – “Strasburg” (Fransiya)
• Joann Lepenan – “Nant” (Fransiya)
• Sungutu Magassa – “Monako” (Fransiya)
Hujumchilar:
• Mattis Ablin – “Nant” (Fransiya)
• Jan-Matteo Baoyya – “Ayntraxt Frankfurt” (Germaniya)
• Tyerno Barri – “Villarreal” (Ispaniya)
• Saimon Buabre – “Monako” (Fransiya)
• Uilson Odobert – “Tottenxem” (Angliya)
• Lum Chauna – “Latsio” (Italiya)
• Matis Tel – “Bavariya” (Germaniya)

Eʼtiborga loyiq jihat — tarkibda Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniyaning yetakchi klublarida to‘p surayotgan futbolchilar jamlangan. Xususan, “Bavariya” yulduzi Matis Tel, “Tottenxem” vingeri Uilson Odobert va “Sevilya” futbolchisi Agumening ishtirok etishi Fransiya jamoasining qanchalik jiddiy maqsadlar qo‘yganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi uchun bu o‘yin nafaqat o‘rtoqlik bahsi, balki o‘z imkoniyatlarini xalqaro darajada sinovdan o‘tkazish, Olimpiada yo‘lida qay darajada tayyor ekanini baholash uchun muhim uchrashuvdir. Fransiya kabi yuksak salohiyatga ega jamoa bilan bellashish har qanday jamoa uchun javobgarlik va katta tajriba manbaidir.
Bugungi bahsda nafaqat natija, balki o‘yin mazmuni, harakatlardagi tushunish va taktik tayyorgarlik ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar