date
views 350

O‘zbekiston dzyudochilari jahon chempioni bo‘lish uchun kurashadi

O‘zbekiston dzyudochilari jahon chempioni bo‘lish uchun kurashadi
Ertaga, 2025 yil 13 iyun kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi yilning eng nufuzli musobaqasi — Jahon chempionatiga start beriladi. Mazkur bellashuv nafaqat medallar, balki xalqaro reytingda yuqori o‘rinlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Jahon birinchiligida jami 93 davlatdan 556 nafar sportchi — 294 nafar erkak va 262 nafar ayol dzyudochilar ishtirok etadi. Ular orasida to‘liq tarkibdagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham bor. Mamlakatimiz sharafini qorish uchun el yurtimizning eng iqtidorli va tajribali dzyudochilari tayyor holda Budapeshtga yetib borishdi.

Jahon chempionati oldidan qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, terma jamoamiz a’zolari ilk bosqichdagi raqiblari bilan tanishishdi. Quyida O‘zbekiston sportchilari tushgan qur’a natijalarini ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Erkaklar bahslari:
• -60 kg vazn toifasida Bahrom Boturov ilk davrada Mo‘g‘ulistonlik Ariunbold Enhtayvan yoki Germaniyalik Maksimilyan Heyderga qarshi gilamga chiqadi.
• -66 kg: Zamohshari Bekmurodov — Hekim Agamammedov (Turkmaniston).
• -66 kg: Azizbek Ortiqov — Yerbol Abasbekov (Qirg‘iziston).
• -73 kg: Shahram Ahadov — Lavjargal Anhzaya (Mo‘g‘uliston) yoki Aron Jabo (Vengriya).
• -81 kg: Arslonbek Tojiyev — Antonio Espozito (Italiya).
• -90 kg: Nurbek Murtozoyev — Remi Feuillet (Mavrikiy).
• -90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov — Kornelius Eytersen (Norvegiya).
• +100 kg: Alisher Yusupov — Mbangnik Ndiaye (Senegal).
• +100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev — Yur Speykers (Niderlandiya).

Ayollar bahslari:
• -48 kg: Halimajon Qurbonova — Vong Ka Li (Gonkong) yoki Lois Petit (Belgiya).
• -48 kg: Laziza Haydarova — Shirin Bukli (Fransiya).
• -52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova — Tatum Kin (Buyuk Britaniya).
• -52 kg: Muhayyo Ahmatova — Ilay Hayun (Isroil).
• -57 kg: Shukurjon Aminova — Marta Favaz (Fransiya).
• -63 kg: Marjona Nurulloyeva — Sabina Gerchak (Vengriya).
• -70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva — Liao Yu-Jung (Xitoy Taypeyi).
• -78 kg: Marjona Ko‘chimova — Lianet Kardona (Kuba).
• +78 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Erika Simonetti (Italiya).

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, terma jamoamiz a’zolari chempionatga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelishgan va har bir sportchi o‘z vaznida yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan. Umid qilamizki, jahon chempioni unvonini qo‘lga kirituvchi sportchilarimiz soni ko‘payib, yurtimiz bayrog‘i xalqaro musobaqada yana baland ko‘tariladi.

Federatsiya dzyudochilarimizga muvaffaqiyat va omad tilagan holda, muxlislarni terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga chorlamoqda. Bellashuvlar 13 iyundan boshlab to‘liq jadval bo‘yicha jonli efirda namoyish etiladi.

O‘zbekiston sporti yana bir mas’uliyatli va sinovli musobaqa ostonasida turibdi. Dzyudo jamoamizga g‘alaba va yangi tarix yaratishni tilaymiz!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston dzyudochilari jahon chempioni bo‘lish uchun kurashadi