Angliyalik sobiq futbol hakami Grem Poll «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoning APL 13-turida «Vest Hem»ga qarshi o‘yindagi harakatlariga munosabatini bildirib o‘tdi.
«Moss Mourinoni navbatdagi qilig‘i uchun tribunaga haydab, mutlaqo to‘g‘ri ish qildi. Barcha ko‘rib turgandi, Mourinto jahlini tiymasdan suvli idishni qanday vajohat bilan tepganini.
Moss simulsiya qilgan Pogbani jazolab ham to‘g‘ri qaror chiqargandi, bu esa Mourinoga yoqmadi. Hakamlarga hurmatsizlik ko‘rsatilishini jazolash kerak.
«MYu» muxlislari ularning murabbiyiga keskin choralar ko‘rilishidan norozi bo‘lishlari mumkin. Ammo uning o‘zi hamish oshirib yuboradi va uning qiliqlariga chidab bo‘lmay qoladi.
Arbitrlar doimiy ravishda Mourino tomonidan hurmatsiz qilib kelinadi, Mossning o‘zi bu muammo bilan bir necha bor to‘qnashgan.
Hakam o‘z ishini qildi, endi FA o‘z ishini qilishi kerak. Balki 6ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish yordam berar», – deya yozgan Poll o‘z kolonkasida.
Bundan avvalroq Angliya futbol assosiasiyasi Mourinoni 2 o‘yinga diskvalifikasiya qilishi mumkinligi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino APL 13-turi doirasida 27 noyabr kuni «Vest Hem»ga qarshi o‘yin vaqtida texnik zonada suv idishini tepib yuborgani uchun bosh hakam Jonatan Moss portugaliyalik mutaxassisni zaxira o‘rindig‘idan chetlatildi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida bosh hakam Pol Pogbaning simulyasiyasi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatdi. Bundan g‘azablangan Mourino suv idishini tepib yubordi va zaxira hakamiga o‘z noroziligini bildirdi.
Natijada Jonatan Moss portugaliyalik murabbiyni zaxira o‘rindig‘idan chetlatdi. Mourino o‘yinni tribunadan tomosha qilishiga to‘g‘ri keldi.
Joze Mourino «Byornli»ga qarshi Angliya chempionati 10-tur o‘yinida ham o‘zini nomunosib tutgani uchun texnik zonadan chetlatilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi