
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi 2025 yilgi transferlarida yana o‘z uslubiga sodiq qoldi — jahon futbolidagi eng iqtidorli va istiqbolli futbolchilarni jamoa safiga qo‘shib oldi. Ladbrokes tomonidan e’lon qilingan rasmiy ro‘yxatda “shaharliklar”ning 8 nafar yangi futbolchi uchun qancha mablag‘ sarflagani ham aniq ko‘rsatilgan.
Quyida “Siti”ning 2025 yildagi eng qimmat transferlari bilan tanishamiz:
1. Omar Marmush – 75 mln yevro
Misrlik hujumchi bu yilgi transferlar ichida eng qimmati bo‘ldi. Uning universalligi, hujumdagi jarima maydonida harakatchanligi va dribling mahorati “Siti”ni unga sarmoya kiritishga undadi.
2. Niko Gonsales – 60 mln yevro
Ispaniya futbol maktabida shakllangan, texnik imkoniyatlari yuqori bo‘lgan yarim himoyachi “Siti” markazini mustahkamlash maqsadida olindi. Uning pas madaniyati va to‘pni nazorat qilish qobiliyati Gvardiolaning uslubiga mos keladi.
3. Teyani Reynders – 57 mln yevro
Niderlandiyalik yarim himoyachi yaqinda “Milan”dan kelib qo‘shildi va o‘z so‘zlariga ko‘ra, “Siti”da Kevin De Bryuynening o‘rnini bosish emas, balki o‘z o‘yinini namoyon etish niyatida.
4. Rayan Cherki – 40 mln yevro
Lionning yashin tezlikdagi, texnik jihatdan yetuk hujumkor yarim himoyachisi. Uning fantaziyasi va dribling mahorati “Siti” muxlislari uchun haqiqiy shouga aylanishi kutilmoqda.
5. Abduqodir Husanov – 40 mln yevro
O‘zbek futboli tarixidagi eng muhim transfer. Fransiyaning “Lans” jamoasidan 40 mln yevro evaziga kelgan yosh himoyachi o‘zining Jahon chempionatidagi o‘yini orqali skautlarning diqqat markaziga tushgandi. Endi u Gvardiola qo‘l ostida yonadi.
6. Vitor Reys – 37 mln yevro
Himoya chizig‘i uchun qo‘shilgan yana bir muhim nom. Fizik jihatdan baquvvat, havodagi kurashlarda faol va yuqori intuitsiyaga ega futbolchi sifatida baholanmoqda.
7. Rayan Ayt-Nuri – 37 mln yevro
Chap qanot himoyachisi sifatida “Vulverxempton”da o‘zini ko‘rsatgan futbolchi. Uni “Siti” Mendining o‘rnini to‘ldiruvchi sifatida ko‘rishmoqda.
8. Juma Bax – 6 mln yevro
Nisbatan arzon transfer, ammo uning iqtidori yuqori baholanmoqda. Afrika futbol maktabida tarbiyalangan bo‘lib, o‘z ustini shiddat bilan ishlayotgan futbolchi sifatida tanilmoqda.

Umumiy hisobda "Manchester Siti" 2025 yilgi transferlar uchun taxminan 352 million yevro sarfladi.
Bu ko‘rsatkich jamoaning kelgusi mavsumdagi chempionlik uchun jiddiy kurash olib borish niyati borligini anglatadi. Xosep Gvardiolaning yangi qurilayotgan tarkibi muxlislar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
“Siti” yangi mavsumda APL, Chempionlar Ligasi va yangi formatdagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Muxlislar uchun savol: Sizningcha, yuqoridagi qaysi transfer eng samarali bo‘ladi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar