date

Eronda to‘p suradigan legionerlarimiz hozir qayerda? Jurnalist javob berdi

Eronda to‘p suradigan legionerlarimiz hozir qayerda? Jurnalist javob berdi
OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan mavzulardan biri — Eronda faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik futbolchilarning hozirgi joylashuvi haqida bo‘lmoqda. Xususan, terma jamoamiz sharafini himoya qilayotgan va Eron chempionatida to‘p suradigan 3 nafar futbolchi — Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol"), Oston O‘runov ("Persepolis") va O‘tkir Yusupov ("Fulad") ayni paytda qayerda ekani ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

Shu borada sport jurnalisti Narzulla Saudullayev o‘zining telegram-kanali orqali muhim ma’lumot bilan bo‘lishdi.

"Eron klublarida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning hech biri ayni paytda Eronda emas. Chunki Eron chempionatida mavsumlar oralig‘i va klublarda rasmiy ta’til payti", — deb yozadi jurnalist.

Darhaqiqat, JCH-2026 saralash bosqichida milliy jamoamiz bilan birga bo‘lgan bu futbolchilar terma safida muhim o‘yinlarda qatnashib, O‘zbekistonning keyingi bosqichga chiqishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Mutaxassislar fikricha, ularning Erondan tashqarida ekani hozircha xavotirli holat emas, chunki bu mavsumiy tanaffus bilan bog‘liq. Bu vaqt mobaynida futbolchilarimiz qayta tiklanish, oilasi bag‘rida dam olish hamda keyingi mavsumga tayyorgarlikni boshlash imkoniga ega bo‘lishmoqda.

Shu bilan birga, ularning Eron chempionatiga qaytishi va kelasi mavsumda qanday faoliyat olib borishi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib boriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eronda to‘p suradigan legionerlarimiz hozir qayerda? Jurnalist javob berdi