date

Abduqodir Husanov: 35 million yevroga baholangan osiyolik yulduz!

Abduqodir Husanov: 35 million yevroga baholangan osiyolik yulduz!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov Osiyo futbolidagi eng yuqori baholangan futbolchilar qatoriga kirdi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli markaziy himoyachi hozirgi kunda 35 million yevroga baholanmoqda. Bu ko‘rsatkich uni Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisiga aylantirdi.

Husanovning transfer qiymati borasida faqat ikki futbolchi uni ortda qoldirmoqda — yaponiyalik hujumchi Kaoru Mitoma (40 mln yevro, “Brayton”) va Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi Kim Min Je (40 mln yevro, “Bavariya”).

E’tiborlisi, Abduqodir Husanov reytingda jahon futbolida tan olingan Son Xyon Min, Li Kan In, Zion Suzuki kabi yulduzlardan yuqori o‘rinni egallagan. Bu esa uning potensiali, maydondagi qat’iyati va yuqori darajadagi o‘yinlari xalqaro maydonda ham e’tirof etilganini ko‘rsatadi.

Muttaxassislar fikricha, Abduqodirning yuqori transfer bahosi uning yoshi, texnik ko‘nikmalari va katta klubda to‘p surish tajribasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, u hali faoliyatining boshida turibdi va kelajakda yanada qimmat futbolchiga aylanishi ehtimoli katta.

O‘zbekiston futboli tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biriga aylanayotgan Husanovning bunday muvaffaqiyati yosh avlod uchun ilhom manbai bo‘lmoqda. Uning Yevropa futbolidagi faoliyati nafaqat mahalliy, balki xalqaro auditoriya tomonidan ham qiziqish bilan kuzatilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov: 35 million yevroga baholangan osiyolik yulduz!
-->