
Futbol olamida navbatdagi innovatsion o‘zgarish amalga oshdi – darvozabonlarning to‘pni qo‘lda ushlab turish vaqtiga oid yangi qoida rasman kuchga kirdi va u ilk marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qo‘llandi. Bu yangilik futbol tarixida muhim burilish nuqtasi sifatida qayd etildi.
Fransiyalik tajribali hakam Kleman Tyurpen "Ulsan Xyunday" hamda "Mamelodi Sandaunz" (0:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ushbu yangi tartibni amalga tatbiq etgan ilk hakam sifatida tarixga kirdi. Ushbu bellashuv "F" guruhi 1-turidan o‘rin olgan bo‘lib, 83-daqiqada ajoyib voqea ro‘y berdi.
Janubiy Afrika klubi "Mamelodi Sandaunz"ning darvozaboni Ronuen Uilyams to‘pni qo‘lida juda uzoq ushlab turgani sababli hakam tomonidan burchak zarbasi belgilandi. Bu futbol tarixida birinchi marta qayd etilgan holat bo‘lib, butun jahon OAVsida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Yangi qoida 2025 yil mart oyida Futbol assotsiatsiyalari xalqaro kengashi (IFAB) tomonidan ilgari surilgan edi. Unga ko‘ra, agar darvozabon to‘pni 8 soniyadan ortiq vaqt qo‘lida ushlab tursa, hujumchi jamoa foydasiga burchak zarbasi bilan jazolanadi. Bu taklif avval boshda sinqoidalik sifatida ko‘rilgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay IFAB tomonidan rasman tasdiqlandi va faol tarzda qo‘llana boshlandi.
Yangi tartib futbolda vaqtni samaraliroq nazorat qilish va o‘yin sur’atini oshirish maqsadida joriy etilgan. Shu paytgacha darvozabonlar uchun 6 soniyalik cheklov nazariy jihatdan mavjud bo‘lgan, ammo amaliyotda u deyarli tatbiq etilmasdi. Yangi 8 soniyalik aniq limit va unga javoban burchak to‘pi bilan jazolash mexanizmi esa bu masalani yanada ta’sirli va samarali etmoqda.
Futbol ekspertlari yangi qoidaga nisbatan ikki xil fikrda: ayrimlar bu qadamni o‘yinning tezkorligini oshiradigan ijobiy tashabbus deb baholasa, boshqalar uni darvozabonlarga nisbatan juda qattiq chora deb hisoblashmoqda. Ammo qaysi tomondan qaralmasin, futbol rivojidagi bu kabi yangiliklar uni yanada zamonaviy va tomoshabop sport turiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar