
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida Londonning “Chelsi” va amaldagi Chempionlar ligasi g‘olibi PSJ to‘qnashuvi barcha futbol ishqibozlari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. Enso Mareska final oldidan o‘z jamoasining kayfiyati va maqsadlari haqida ochiq-oydin gapirdi.
Londonliklar ustozi fikricha, futbol — bu toza strategiya va intizom, shaxmatga o‘xshash o‘yin. “Men shaxmat o‘ynash va kuzatishni yaxshi ko‘raman. Futbol ham aynan shunday — har bir harakatingizga javob bor. PSJ — bugungi kunda eng tengsiz va barcha musobaqalarda raqiblarini ortda qoldirayotgan jamoa. Lekin biz maydonga o‘z uslubimiz va g‘alaba ruhi bilan chiqamiz”, — dedi Mareska.
Turnirda kutilmagan natijalarning ham ko‘p bo‘lgani, futbolda har qanday sensatsiyaga tayyor turish kerakligini yana bir bor tasdiqladi. “Fluminense” finalchi “Inter”ni mag‘lub etdi, “Al-Hilol” esa katta favoritlardan biri — “Manchester Siti”ni musobaqadan chiqarib yubordi. “Botofogo”ning PSJ ustidan qozongan g‘alabasi ham butun futbol dunyosida shov-shuv bo‘ldi. “Biroq bizda o‘zgacha o‘yin uslubi bor va bu finalda aynan shu bizning ustunligimizga aylanishi mumkin”, — dedi Enso Mareska.
Uning ta’kidlashicha, finaldagi har bir qaror, har bir harakat va har bir o‘yin strategiyasi shaxmat taxtasidagi yurishlardek aniq va hisob-kitobli bo‘lishi kerak. “Bizni kutilmagan, yorqin final kutyapti. Jamoamiz doim oxirigacha kurashadi, g‘alaba uchun bor kuchini ishga soladi”, — deb qayd etdi ustoz.
Eslatib o‘tamiz, tarixiy final 14 iyul tungi soat 00:00 da start oladi. Millionlab ishqibozlar esa PSJ va “Chelsi”ning qaysi biri chempionga aylanishini sabrsizlik bilan kutmoqda.
Bu final — shaxmatdek murakkab strategiya, doimiy intriga va futbolning eng yuqori ehtiroslari armoni bo‘ladi. Va qaysi jamoa taxtga ko‘tariladi — javob finalda! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar